Taxmina Ikromova Jahon kubogi g‘olibi bo‘ldi
Yosh gimnastikachi musobaqada 2-oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Taxmina Ikromova Toshkentda o‘tkazilayotgan Jahon kubogida ikkinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu safar u halqada bajarilgan mashqda tengsiz deb topildi.
Badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi natijalari. Xalqadagi mashq:
1. Taxmina Ikromova (O‘zbekiston) — 31.70;
2. Yekaterina Vedeneyeva (Sloveniya) — 30.60;
3. Darya Varfolomeyeva (Germaniya) — 29.85.
Avvalroq 17 yoshli sportchi Izattilo Inomov sport gimnastikasi bo‘yicha Bangladeshda o‘tkazilgan musobaqada 4 ta oltin, 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritgani xabar qilingandi.








