O'zbekiston

Ko‘zi ojiz bolalar yashaydigan hududlarda ovozli svetoforlar o‘rnatiladi

Barcha “Nurli maskan” maktablari hududiga videokuzatuv moslamalari o‘rnatilib, ular tegishli hududiy ichki ishlar organlariga integrasiya qilinadi.

Ko‘zi ojiz bolalar yashaydigan hududlarda ovozli svetoforlar o‘rnatiladi

 

“Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda taʼlim berish sifatini oshirish hamda ular faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 

Qarorga ko‘ra, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar Ichki ishlar vazirligiga biriktirilib, “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari (“Nurli maskan” maktablari) deb nomlandi.

 

Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasi, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti hamda boshqa tibbiy muassasalarning malakali shifokorlari jalb etilgan holda, “Nurli maskan” maktablari o‘quvchilarini davolash-sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

 

Shuningdek, barcha “Nurli maskan” maktablari hududiga videokuzatuv moslamalari o‘rnatilib, ular tegishli hududiy ichki ishlar organlariga integratsiya qilinadi.

 

2022/2023 o‘quv yilidan:

  • “Nurli maskan” maktablarining Brayl yozuvidagi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar, badiiy hamda bolalar uchun mo‘ljallangan adabiyotlar, turli ixtisoslik va yo‘nalishlardagi bosma va audiokitoblarga ehtiyoji har 6 oyda o‘rganiladi va shu asosda adabiyotlar ro‘yxati shakllantirib boriladi;

  • ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun belgilangan viloyat va respublika fan olimpiadalari bitiruvchi sinflar o‘quvchilari uchun alohida tashkil etiladi;

  • “Nurli maskan” maktablari o‘quvchilari uchun axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, kasb-hunar va tadbirkorlikni o‘rgatish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi;

  • OTMning tegishli ixtisoslik va yo‘nalishlari bo‘yicha Brayl alifbosi asosidagi adabiyotlarni chop etish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

  • ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar uchun darsliklar va o‘quv-metodik majmualar chop etuvchi nashriyot-matbaa korxonalari bilan deklaratsiya qilingan narxlar asosida belgilangan tartibda shartnomalar tuzishga ruxsat beriladi.

 

2022 yil sentabrdan “Nurli maskan” maktablarida o‘g‘il va qiz bolalar uchun alohida zamonaviy jihozlangan ijtimoiy va maishiy yo‘nalishdagi majmua (o‘quv ustaxona)lar tashkil etiladi.

 

Shuningdek, inklyuziv taʼlim tizimi joriy qilingan taʼlim muassasalarida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarning yaqin qarindoshlariga ular bilan birga darslarda qatnashish imkoniyati yaratiladi.

 

2022 yil yakunigacha “Nurli maskan” maktablari uchun o‘zbek nutq sintezatori va boshqa semantik-eshitish vositalari bilan hamohang ravishda milliy dizayndagi maxsus kompyuter dasturlari yaratiladi va o‘quv jarayoniga tatbiq qilinadi.

 

2022/2023 o‘quv yilidan ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar hamda tayanch harakat aʼzolari shikastlangan bolalarning ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda paralimpiya sport turlari (dzyudo, futbol, yengil atletika) bilan mukammal shug‘ullanishi uchun sport guruhlari tashkil qilinadi.

 

2022 yil 1 oktabrdan “Nurli maskan” maktablari negizida ko‘zi ojiz bolalarni maktabga tayyorlovchi bir yillik muddatli tayyorlov guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

 

2022 yil yakunigacha “Nurli maskan” maktablari hududida “Yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish maxsus maydoncha”lari tashkil etilib, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar yashaydigan hududlarda ovozli svetoforlar va innovatsion yo‘l belgilarini o‘rnatish choralari ko‘riladi.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"