“Nasaf”ni bugun jiddiy sinov kutmoqda
Jamoa chempionlar ligasining navbatdagi o‘yinida maydonga tushadi.

Bugun Qarshining “Nasaf” klubi Osiyo chempionlar ligase doirasida Saudiya Arabistonining “Al Faysali” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Qarshiliklar dastlabki o‘yinda “Al Faysali”ga alamliy tarzda mag‘lub bo‘lgan edi. Uchrashuvdan keyin Ro‘ziqul Beridiyev birgina xato evaziga mag‘lub bo‘lgani haqida intervyu bergan.
Muhimi, “Nasaf”da hali guruhdan chiqishga imkoniyati mavjud. Buning uchun jamoa qolgan 3 uchrashuvda g‘alaba qozonishi kerak.
Musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilayotgan yana bir klubimiz “Paxtakor” kecha mag‘lubiyatga uchrab, guruhdan chiqa olmasligi maʼlum bo‘ldi.
Maʼlumot uchun, “Al Faysali” – “Nasaf” uchrashuvi 01:15 da start oladi.
Avvalroq, “Nasaf” endi futbolchi sotib olomasligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







