Joriy yilning 7-oktabr kuni FIFA Nizolarni hal etish palatasi “Nasaf” futbol klubi va fransiyalik futbolchi Abdelaye Diakite o‘rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqargan edi. Unda maʼlum bo‘lishicha, “Nasaf” klubi futbolchi bilan tuzilgan shartnoma shartlarini bajarmagan. Shu sababli futbolchi FIFAga murojaat qilgan va yakunda FIFA “Nasaf” futbol klubi zimmasiga belgilangan qarzdorlik va jarima to‘lovlarini 45 kun mobaynida to‘lashi lozim ekanini maʼlum qilgan. Agar mazkur majburiyatlar klub tomonidan vaqtida bajarilishi taʼminlanmasa, jamoaga nisbatan milliy va xalqaro miqiyosda yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha taqiq qo‘yilishi haqida ogohlantirish bergan.
Bugun, FIFA 45 kunlik muddat yakuniga yetganini inobatga olib, “Nasaf”ga transfer bo‘yicha taqiq qo‘ydi. Endi klub qishki transfer oynasi vaqtida yangi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olish uchun, mazkur nizoli vaziyatni hal etishi lozim bo‘ladi.
Avvalroq “Nasaf” OFK Kubogida qancha pul ishlashi maʼlum bo‘lgani va “Ajdarlar” kubok sohibiga aylangani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov


