O'zbekiston

Endi uy-joyni “snos”ga tushganini oldindan bilish mumkin

"Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida" hukumat qarori qabul qilindi.

Endi uy-joyni “snos”ga tushganini oldindan bilish mumkin

 

O‘zbekistonda uy-joyning “snos”ga tushganini aniqlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi. Maʼlumotnoma 3 ish kunida rasmiylashtiriladi hamda ariza beruvchining elektron manziliga yuborilib, unga bu haqida xabar beriladi.

 

Qarorga ko‘ra, quyidagilar bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentlari tasdiqlangan:

 

— bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish;

— bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish;

— arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish;

— loyiha-smeta hujjatlarini kelishish;

— qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni ro‘yxatdan o‘tkazish;

— qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish;

— ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma berish.

 

Shunga muvofiq, jumladan, bino va turar joylarning buzilishga tushganlik holati haqida maʼlumotnoma olish uchun DXM yoki YAIDXPga murojaat qilinadi. Maʼlumotnoma olish uchun arizalar YAIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, 24 soat davomida yuborilishi mumkin.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"