“Men hali futbol o‘ynashni xohlayman” — Keylor Navas
“PSJ” darvozaboni Donnarumma bilan munosabati haqida gapirdi.

“PSJ” darvozaboni Keylor Navas Janluiji Donnarumma bilan munosabatlari haqidagi savolga javob berdi.
“Mavsum oxirida ko‘p narsa hal bo‘ladi. Men Donnarumma bilan juda yaxshi munosabatdaman. Oramizda hech qanday muammo yo‘q. Albatta, men hali ham o‘ynashni xohlayman. Bu oson emas, biroq kelajakda nima bo‘lishini aytib bo‘lmaydi. Bu yerda mening oilam baxtli. Jamoaning barcha aʼzolari bilan yaxshi munosabatdaman".
Eslatib o‘tamiz, ayni damda “PSJ” Fransiya chempionati turnir jadvalida 77 ochko to‘plagan holda, peshqadamlik qilmoqda.
Avvalroq, “PSJ”ning homiysi o‘zgargani va Keylor Navas ukrainalik qochqinlarga yordam bergani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







