0

Bolalarda nomaʼlum kasallik aniqlanmoqda

JSSTning bayonotiga ko‘ra, xastalik qorin og‘rig‘i, diareya, qayt qilish singari alomatlar bilan namoyon bo‘lmoqda.

Bolalarda nomaʼlum kasallik aniqlanmoqda

 

Dunyoning qator mamlakatlarida tarqalayotgan nomaʼlum infeksiya bolalarning jigariga jiddiy ziyon yetkazmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kuni kecha bo‘lib o‘tgan brifingda ushbu xavfli xastalik yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, mazkur virusning belgilari ham, asoratlari ham gepatitniki bilan juda o‘xshash. Ammo tekshiruvlarda u gepatitning hech bir, yaʼni A, B, S, D va E turlariga mansub emasligi maʼlum bo‘ldi.

 

Hozirgacha bu xastalikka chalingan bolalar soni Buyuk Britaniyada 114, Ispaniyada 13, AQSHda 9, Daniyada 6, Irlandiyada 5, Isroilda 2 nafarni tashkil etmoqda. Niderlandiya va Italiyada ham 4 nafardan o‘g‘il-qizda infeksiya aniqlandi. Qolaversa, Fransiya  va Norvegiyadan ikki nafardan, Belgiya hamda Ruminiyada esa bir nafardan bemorda virus qayd etildi.

 

Tahlillarga ko‘ra, bemorlar orasida bir oylik chaqaloqdan 16 yoshli o‘cmirlargacha bor. Eng yomoni, ulardan bir nafari kasallik asoratlari tufayli hayotdan ko‘z yumdi.

 

Umuman, hozir infeksiyani yuqtirganlarning o‘n foizi hayoti jiddiy xavf ostida. Ularda tezkor jigar transplantatsiyasi o‘tkazish talab etilmoqda.

 

JSSTning bayonotida xastalik qorin og‘rig‘i, diareya, qayt qilish singari alomatlar bilan namoyon bo‘layotgani aytiladi. Aksariyat hollarda yuqori tana harorati kuzatilayotgani yo‘q.

 

Ammo dastlabki tahlillarga ko‘ra, 74 nafar bemor bolada adenovirus asoratlari kuzatilgan. Shunga qaramay, mutaxassislar kasallikning kelib chiqishi qaysidir turga mansub mavjud viruslar bilan bog‘liq, degan aniq xulosani aytishga shoshilgani yo‘q.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"