O'zbekiston

O‘zbekona raqs

Mehr-muhabbat millat tanlаmaydi, deganlari haqiqat ekan.

O‘zbekona raqs

 

“Bolalik yillarim tuman kutubxonasiga jin ko‘chalardan o‘tib borilardi. Balkim shu sabab ham doim u yer suv quygandek jimjit bo‘lgandir. O‘zbek tilida juda chiroyli va ravon gapiradigan Nadejda opaning meni ko‘rishlari bilan ko‘zlari chaqnab ketar, odatda kitoblarni ham o‘zi tanlab berardi. Koreys millatiga mansub bu ayol qachon borsam, o‘g‘liga “Alpomish”ni o‘qib berayotgan bo‘lardi. O‘g‘li o‘ziga umuman o‘xshamasdi, qorako‘z, qoraqosh bola.  

 

Maktabda bir gap eshitib qolib, hammasini tushundim.  


— Oyi, Nadejda opa, bolasini asrab olgan, a? — dedim oyim bilan somsa tugayotib.  
— Yo‘q, — oyim men tomonga bir qaradi-yu yana xamirlarni bir tekis qilib yoyishda davom etdi.  
— Maktabda eshitib keldim-ku, o‘zlarining farzandi bo‘lmagach, asrab olishgan ekan. O‘shanda mahalladoshlari bolasiga o‘yinchoqlar, kiyim-kechalar olib chiqib berishgan ekan, — dalillar keltirishga o‘tdim.  

 

Biroq oyim gapimni inobatga olmadi, yo‘q, deya qat’iy aytdi-yu, boshqa bunaqa gap-so‘zlarga uchmasligimni tayinladi. Endi tushunayapman, onam bu gap tildan-tilga o‘tib, Hakimbekning qulog‘iga yetishini istamagan.  

 

Yaqinda Hakimbekning to‘yi bo‘ldi. Nadejda opaga mehrim bo‘lakcha bo‘lgani uchun qaynonamdan bolalarimga qarab turishni iltimos qildim. Borsam, Nadejda opa adras ko‘ylak kiyib olgan. Umr yo‘ldoshi ham qo‘llari ko‘ksida mehmonlarni kutyapti. Hofiz milliy qo‘shiqlarni kuylay boshlanganida, doim to‘ylarda “Sizlardek o‘ynay olmayman, azizlar”, deya o‘zini chetga tortadigan Nadejda opa shunday chiroyli hirom ayladiki, ko‘z uzolmay qoldim.  

 

— Uch oydan beri raqs to‘garaklariga qatnashib o‘rganibdi. O‘g‘limni uylantirsam, qudalarim bilan raqs tushishim kerak, deya, — dedi yonimda o‘tirgan xola havas-la davraga qarab.

 

Muallif: Shoira Shagiahmedova

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"