Kinder" shokoladidan aholi kasallandimi?
Ushbu holatga Sog‘liqni saqlash vazirligi munosabat bildirdi.

Dunyo mamlakatlarida «Kinder» shokoladidan ko‘plab fuqarolar salmonella infeksiyasiga chalinayotgan edi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu holat O‘zbekistonda qayd etilmaganligini maʼlum qildi.
"O‘zbekistonda «Kinder» shokolad mahsulotlari orqali salmonella infeksiyasi qayd etilmagan", — deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Qayd etilishicha, dunyoning ayrim mamlakatlarida mahsulotlar sotuv rastalaridan olib tashlanmoqda, chunki 11 shtatda xuddi shu shokolad tufayli kasallanish keskin oshgan. Kontaminatsiyalangan mahsulotlar kamida 113 mamlakatga tarqatilgan.
O‘zbekistonda birorta ham kasallikni yuqtirish holati aniqlanmaganiga qaramay, «Kinder» mahsulotlari nazoratga olindi.







