Siyosat

Lavrov Umrzoqov bilan telefon muloqoti o‘tkazdi

Unda ikki tomonlama munosabatlar muhokama qilingan.

Lavrov Umrzoqov bilan telefon muloqoti o‘tkazdi

 

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi savdo va investitsiyalar vaziri Sardor Umrzoqov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda RF TIV rasmiy sayti xabar berdi.

 

Muloqot davomida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 19 noyabrdagi Moskvaga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi to‘g‘risida fikr almashilgan. Shuningdek, tomonlar siyosiy, iqtisodiy va gumanitar aloqalar istiqbollarini ko‘rib chiqqan.

 

O‘zbekiston va RFning MDH, SHHT doirasida hamda ikki tomonlama munosabatlari muhokama qilingan.

 

Avvalroq O‘zbekistonga Yaponiya TIV rahbarining tashrifi to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"