Salomatlik

Bolalarda uchraydigan kamyob kasallik — spinal mushak atrofiyasi

Kasalikka chalingan bolalarning 50 foizi 2 yoshga yetgunicha vafot etishi mumkin. ( 1 maqola )

Bolalarda uchraydigan kamyob kasallik — spinal mushak atrofiyasi

 

Spinal mushak atrofiyasi qanday kasallik? Uni keltirib chiqaruvchi omillar nimalardan iborat? Xastalik qanday og‘ir asoratlarga sabab bo‘ladi? Yurtimizda bu dardga chalingan bemorlarni davolash uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rilmoqda?

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova shu haqdagi ma’lumotlar, tahlillar va fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

— Spinal mushak atrofiyasi kamyob irsiy kasallik hisoblanadi, — deydi E.Bositxonova. — U onaning homiladorlik vaqtida bolada vujudga keladi. Eng yomoni, xastalik o‘z vaqtida, ya’ni 6 oy ichida davolanishi zarur. Aks holda, bunday bemorlarning teng yarmi 2 yoshga yetgunicha vafot etadi.

Buni xalqaro statistik ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. Unga ko‘ra, dunyo bo‘yicha ushbu kasallik har 610 ming chaqaloqdan birida uchraydi. Ammo jajji bemorlarning 50 foizi 2 yoshga yetmay nafas yetishmovchiligi sababli hayotdan ko‘z yumadi.

Yurtimizda ham 77 nafar bolada ushbu kasallik tahlili namunalari tasdiqlangan. Ularning 24 foizi qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh oqibatida, 40 foizi esa ikki va undan ko‘p spinal mushak atrofiyasi bilan tug‘ilgan bolali oilalar hamda 36 foizi ota ham, ona ham ushbu gen tashuvchisi bo‘lgan oilalarda dunyoga kelgan.

Ammo bugungi kunga qadar spinal mushak atrofiyasi bilan kasallangan bemorlarga tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha bir qator dolzarb masalalar o‘z yechimini kutayotgan edi.

Masalan, shu paytgacha yurtimizda ushbu xastalikka chalingan bemorlar uchun (mablag‘ belgilanmagani tufayli) diagnostika va davolash standartlari, klinik protokollar ishlab chiqilmagan.

Bu xastalik bo‘yicha yagona registr hamda shunday kasallik bilan farzand dunyoga keltirishi mumkin bo‘lgan shaxslar xavf guruhi (ommaviy tekshiruv uchun genetik laboratoriyalar mavjud emasligi sababli) shakllantirilmagan.

Spinal mushak atrofiyasini aniqlash imkonini beruvchi molekulyar genetik tekshiruv faqatgina xususiy laboratoriyalarda pullik asosda o‘tkazib kelingan.

Ustiga-ustak, bitta tahlilning o‘rtacha qiymati — 3,5 million so‘m. Shunda ham mavjud laboratoriyalar bolalarda gen terapiyasini o‘tkazish uchun yetarli darajada, deb bo‘lmaydi.

Qolaversa, murakkab genetik tekshiruvlar uchun mamlakatimiz hududidan qon namunasini olib chiqish maqsadida maxsus ruxsatnoma berish tartibi mavjud emas edi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Bolalarda uchraydigan kamyob kasallik — spinal mushak atrofiyasi | Zamon.uz