Salomatlik

O‘zbekistondagi xususiy tibbiyot muassasalari soni 7 ming 300 dan oshdi

Mazkur tarmoqdagi eng ko‘p shifoxona Toshkent shahri, Andijon va Toshkent viloyatlarida joylashgan

O‘zbekistondagi xususiy tibbiyot muassasalari soni 7 ming 300 dan oshdi

Mamlakatdagi xususiy tibbiyot muassasalari soni 7 ming 320 taga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlik xabarida ushbu muassasalarning 50 tasi xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda ochilgani qayd etilgan. 
Hozirda mazkur tarmoqda faoliyat yuritgan shifokorlar soni 16 ming 300 nafardan, o‘rta tibbiyot xodimlari soni esa 24 ming 840 nafardan ziyodni tashkil etib, xususiy  shifoxonalarning 5 ming 823 tasi ambulator, 1 ming 497 tasi esa statsionar sharoitida ish olib bormoqda. Eng ko‘p xususiy tibbiyot muassasalari Toshkent shahri (1 ming 628 ta), Andijon (726 ta) va Toshkent viloyatlarida (644 ta) joylashgan.
Taʼkidlanishicha, statsionar shaklda faoliyat olib borayotgan xususiy shifoxonalarda sanatoriylar bilan qo‘shib hisoblaganda 42 mingdan ortiq koyka mavjud. Eng ko‘p o‘rin-joylar quyidagi hududlar kesimiga to‘g‘ri kelgan:

Andijon viloyati — 6 ming 348 ta;
Namangan viloyati — 5 ming 880 ta;
Qashqadaryo viloyati — 4 ming 602 ta.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

O‘zbekistondagi xususiy tibbiyot muassasalari soni 7 ming 300 dan oshdi | Zamon.uz