Salomatlik

Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi qayta tashkil etildi

Markaz asosiy 6 ta vazifa bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadi.

Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi qayta tashkil etildi

 

Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.

 

Unga muvofiq, Toshkent shahar 4-son bolalar klinik shifoxonasi va 3-son yuqumli kasalliklar klinik shifoxonalarini qo‘shib yuborish orqali, 300 o‘ringa mo‘ljallangan davlat muassasasi shaklidagi Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi qayta tashkil etildi.

 

Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 42-a uy manzilida joylashgan Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya va qon quyish ilmiy-amaliy tibbiyot markazining sobiq bino-inshootlari tegishli hududi bilan birga Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi operativ boshqaruv huquqi asosida o‘tkazib beriladi.

 

Quyidagilar markaz faoliyatining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:

  • bolalarni tekshirish, ularga yuqori malakali tibbiy-konsultativ yordam ko‘rsatish;
  • bolalarga Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan standartlarga muvofiq yuqori malakali ixtisoslashtirilgan statsionar yordam ko‘rsatish;
  • tuman tibbiyot birlashmalari mutaxassislariga konsultativ va tashkiliy-metodik yordam ko‘rsatish;
  • Toshkent shahar davolash-profilaktika muassasalari amaliyotiga zamonaviy tibbiy texnologiyalarni va boshqarishning iqtisodiy metodlarini joriy etish;
  • tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda qatnashish;
  • tibbiyot muassasalarida davolash-profilaktika jarayoni sifatini ekspertizadan o‘tkazish.

 

Belgilanishicha:

  • Markaz Toshkent shahar 4-son bolalar klinik va 3-son yuqumli kasalliklar shifoxonalarning huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
  • Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, Qushbegi mavzesi 26-uyda joylashgan Toshkent shahar 3-son yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasining bino-inshootlari tegishli hududi bilan birga Toshkent davlat stomatologiya institutiga;
  • Toshkent shahar, Shayxontohur tumani Markaz-27, Bog‘ ko‘chasi 20-uyda joylashgan Toshkent shahar 4-son bolalar klinik shifoxonasining bino- inshootlari tegishli hududi bilan birga Sog‘liqni saqlash vazirligiga operativ boshqaruv huquqi asosida beriladi.
Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi qayta tashkil etildi | Zamon.uz