Yana pandemiya, yana yangi to‘lqin...
JSST eʼtiborini tortgan “omikron”ning uchta yangi varianti dunyoda kasallanishlar soni ko‘payishiga olib kelishi mumkin

SSV xabar berishicha, Janubiy Afrika mintaqasida paydo bo‘lgan BA.4, BA.5 versiyalari hamda o‘chog‘i AQSHning Nyu-York shahri hisoblangan BА.2.12.1 mutatsiyasi shular jumlasidan. Xususan, ayni paytda BА.2.12.1 subvarianti butun Qo‘shma Shtatlar bo‘ylab shiddat bilan tarqalmoqda. Nyu-York, Nyu-Jersi va Konnektikut shtatlarida u allaqachon dominant versiyaga aylanib ulgurgan.
Mutaxasislarnig fikriga ko‘ra, ushbu mutatsiya turi boshqa mamlakatlarga tarqaladimi, yo‘qmi, buni vaqt ko‘rsatadi. Xuddi shunday BA.4 va BA.5 subvariantlari haqida ham xotirjam xulosa chiqarish qiyin. Xitoyning Chanping laboratoriyasi olimlari olib borgan tadqiqotga ko‘ra, har uchchala yangi variant boshqa mutatsiyalarga nisbatan antitanachalarga osonroq “chap berish” xususiyatiga ega.
Faqat ommaviy immunitetni shakllantirish orqaligina kasallik keng tarqalib ketishining oldini olish ancha murakkab jarayonga aylaninishi mumkin. Bu esa dunyoda pandemiyaning yangi to‘lqini boshlanishi ehtimoli mavjudligini tasdiqlaydi, deb xabar beradi Sog‘liqni saklash vazirligi matbuot xizmati.







