“Chelsi”ni amerikalik tadbirkor sotib olmoqda
Kelishuv jarayoni may oyining oxiriga qadar yakunlanishi kutilmoqda.

“Chelsi” klub aksiyalarini amerikalik tadbirkor Todd Boeliga sotish shartlarini kelishib olgan haqida bayonot berdi.
“Chelsi” futbol klubi Todd Boeli, “Clearlake Capital”, Mark Uolter va Xansyorg Viss boshchiligidagi guruh tomonidan klubni sotish shartlarini kelishilganini tasdiqladi.
Jami sarmoyadan 2,9 mlrd yevro klub aksiyalarini sotib olishga sarflanadi. Bundan tashqari, yangi xo‘jayinlar klub manfaati uchun qo‘shimcha 2 mlrd yevro sarmoya kiritadi. Bunga, “Stemford Brij”, akademiya, ayollar jamoasi va “Kingsmedou” (ayollar jamoasi stadioni), shuningdek, “Chelsi” fondini qo‘shimcha moliyalashtirish kiradi. Sotish jarayoni may oyining oxirlarida yakunlanishi kutilmoqda.
Avvalroq, “Barsa”ning taklifi rad etilgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







