Pogbaning transferi so‘roq ostida qolmoqda
Futbolchi Turin klubiga o‘tsa, maoshini 2 baravar kamaytirishi mumkin.

“Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Pol Pogba Turinning “Yuventus” klubiga o‘tishi uchun maoshini ikki baravar kamaytirishga tayyor. Bu haqda jurnalist Alfredo Pedulla o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
Qayd etilishicha, ingliz klubida yarim himoyachi yiliga taxminan 15 million yevro maosh oladi. “Yuventus” esa yiliga 7-8 million yevrodan ko‘p bo‘lmagan maosh, shuningdek, bonuslarni taklif qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Pol Pogba joriy mavsumda “Manchester Yunayted” safida barcha turnirlarda 27 ta o‘yinda maydonga tushdi. Shu vaqt ichida u bitta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning ingliz klubi bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Avvalroq, tinib-tinchimas parijliklar Benzemani qo‘lga kiritmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







