Tibbiyot muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan kimlar ozod etilishi maʼlum bo‘ldi
Ular orasida urush qatnashchilari va nogironlar ham bor.

Tibbiyot muassasalarida bepul ovqatlanadigan shaxslar kimligi aniq bo‘ldi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanalida maʼlum qilindi. Quyidagi shaxslar tibbiyot muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod qilinadi:
- I va II guruh nogironlari, bolalikdan nogironlar;
- 1941 – 1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, ularga tenglashtirilganlar;
- Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda qatnashgan nogironlar;
- 1941 – 1945 yillardagi urush yillari mehnat fronti qatnashchilari;
- baynalmilalchi jangchilar;
- chin yetimlar;
- yolg‘iz pensionerlar;
- 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari o‘quvchilari;
- chaqiriq komissiyalari xulosasi asosida mudofaa bo‘limlari yo‘llanmalari bo‘yicha 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lganlar;
- “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar;
- 1 yoshgacha bolali emizikli onalar.







