Salomatlik

“Omikron” shtammining yangi subvariantlari dunyo bo‘ylab keng taraqalmoqda

JSST: Ellikdan ortiq mamlakatda koronavirusni yuqtirish holatlari ko‘paymoqda

“Omikron” shtammining yangi subvariantlari dunyo bo‘ylab keng taraqalmoqda

 

Dunyo bo‘ylab koronavirusning yangi mutatsiyalari mutaxassislar eʼtiborini yana o‘ziga qaratmoqda.

 

SSV xabar berishicha, jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining kechagi bayonotida aytilishicha, hozir dunyoning 50 dan ortiq mamlakatida COVID-19 infeksiyasini yuqtirganlar soni ortmoqda.

 

Ushbu o‘sish dinamikasi “omikron” shtammining yangi subvariantlari dunyo bo‘ylab keng taraqalayotgani bilan bog‘liq.

 

JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus shu haqda to‘xtalar ekan, ayni paytda “omikron”ning BA.2 versiyasi yer yuzida dominantga aylanganini taʼkidladi. 

 

O‘z navbatida, Janubiy Afrika mintaqasida BA.4 va BA.5 variantlari tufayli kasallanish holatlari kundan-kun ko‘paymoqda. 

 

To‘g‘ri, keyingi paytlarda aholi o‘rtasida ommaviy immunitetning kuchayishi, jumladan, vaksinatsiya tadbirlari tufayli dunyoda koronavirusdan o‘lim hamda og‘ir holatlarda shifoxonaga yotqizish ko‘rsatkichlari birmuncha kamaymoqda. Ammo bu xotirjamlik uchun asos bo‘lolmaydi. 

 

T.Gebreyesusning qayd etishicha, vaziyat “eng yomon ssenariy” asosida rivojlangan taqdirda, COVID-19ning immunitetga “chap berish”ga qodir, yana-da yuqumliroq va o‘lim darajasini oshiruvchi shtammlari paydo bo‘lishi mumkin. 

 

“Pandemiyaning yangi to‘lqini yengil o‘tishi uchun Janubiy Afrika olimlari aholini yana bir bosqichda emlash zarurligini taklif qilishmoqda, — deydi u. — Chunki jahondagi barcha mamlakatlar aholisining 70 foizi to‘liq vaksina olmagunicha, koronavirus insoniyat hayoti va salomatligiga xavf solishda davom etaveradi”. 

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"