Vladimir Norov Dushanbega boradi
U MDH va Markaziy Osiyo TIV rahbarlari bilan uchrashadi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Dushabeda bo‘lib o‘tadigan MDH tashqi ishlar vazirlari kengashida ishtirok etadi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Delegatsiyaga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. boshchilik qiladi. MDH bosh diplomatlari Tojikistonda 12-12 may kunlari yig‘iladi. Uchrashuvda xalqaro maydondagi dolzarb masalalar, MDH formatidagi hamkorlik, qo‘shma dasturlar ijrosi, shuningdek, Hamdo‘stlik davlatlari rahbarlari Kengashiga taqdim etiladigan hujjatlar loyihasi ko‘rib chiqiladi.
Shu bilan birga O‘zbekiston delegatsiyasi Dushanbeda Markaziy Osiyo tashqi siyosiy idoralari rahbarlarining navbatdagi uchrashuvida ishtirok etib, ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi.
Avvalroq Toshkentda ShHT xalq diplomatiyasi forumi boshlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.







