Norov: Afg‘onistonga xalqaro eʼtibor susaydi
O‘zbekiston TIV rahbari Dushanbeda Afg‘oniston masalasiga to‘xtaldi.

MDH davlatlari tashqi ishlar vazirlarining Dushanbedagi uchrashuvida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Afg‘oniston masalasiga alohida to‘xtaldi.
Vazir qo‘shni mamlakatda gumanitar vaziyat og‘irligicha qolayotganini taʼkidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro hamjamiyatning Afg‘onistonga eʼtibori susaygan. Bu esa tahdidlar saqlanib qolinishiga sabab bo‘lmoqda.
Shuningdek, Norov iyul oyi oxirida Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha oliy darajadagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tishini eʼlon qilgan.
Avvalroq Sardor Umrzoqovning Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri bilan muzokara o‘tkazgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







