Mbappening ketishi hech nimani o‘zgartirmaydi
“PSJ” hujumchining o‘rnini bosuvchi futbolchi topdi.

Agar Kilian Mbappe jamoani tark etsa, parijliklar lissabonlik hujumchi Darvin Nunesni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi. Bu haqda “Маrca” nashri xabar berdi.
Urugvaylik yosh futbolchini Parij klubi rahbarlari klub yulduzi Kilian Mbappening o‘rnini bosuvchi nomzod sifatida ko‘rmoqda.
“PSJ” futbolchi uchun kurashda “Barselona”, "Atletiko Madrid" va "Manchester Yunayted"ga qarshi kurash olib boradi.
Manbaga ko‘ra, Nunesning “Benfika” bilan shartnomasidagi tovon puli 150 million yevro qilib belgilangan.
Hujumchi joriy mavsumda “Benfika” safida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 34 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshiradi. Transfermarkt 22 yoshli futbolchini 40 million yevroga baholamoqda.
Avvalroq, ingliz jamoasi Kilian Mbappeni tekinga sotib olmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.







