Umar Kremlyov IBA prezidentligiga qayta saylandi
Bugun Istanbulda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro boks assotsiatsiyasi - IBAning amaldagi prezidenti Umar Kremlyov o‘z lavozimida qoldi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun Istanbulda tashkil etilgan prezidentlik saylovida u o‘z lavozimiga qayta saylandi.
Oldinroq ushbu lavozim uchun unga Niderlandiya vakili Boris van der Vorst raqobat qilishi kutilgandi. Biroq, saylovga bir necha kun qolganida uning nomzodi saylovdan olib tashlandi. Sababi - u boshqa boks tashkiloti aʼzosi ham hisoblanadi.
Avvalroq, Aleksandr Usik Ilon Maskga sovg‘a bergani haqida xabar berilgandi.







