O'zbekiston

O‘zbek–qirg‘iz chegarasida 9 kishi vafot etdi

Holat yuzasidan IIV ma’lumot berdi.

O‘zbek–qirg‘iz chegarasida 9 kishi vafot etdi

 

O‘zbek–qirg‘iz chegarasida 12 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-tansport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi. 

 

Qayd etilishicha, voqea bugun, 21 may kuni soat 15.30 atrofida  “Chashma” chegara o‘tkazish punktida yuz bergan. Qirg‘iz Respublikasi Batken viloyati Qadamjoy tumani orqali O‘zbekiston Respublikasining So‘x tumani hududiga harakatlanib kelayotgan, ustiga buldozer yuklangan bo‘lgan treyler avtotransportining tormoz uskunasi ishdan chiqib, haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va  ro‘yxatdan o‘tish uchun navbatda turgan jami 12 ta (2 ta O‘zbekiston va 10 ta Qirg‘iz Respublikasi) avtomashinalarga urilib, ularga shikast yetkazgan. 

 

Hodisa oqibatida 9 nafar fuqaro (shulardan, 1 nafari O‘zbekiston Respublikasi, qolgan 8 nafari Qirg‘iz Respublikasi fuqarosi) vafot etgan.

 

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Maktablarda sport rivojlantiriladi: olimpiya sport turlari bo‘yicha to‘garaklar ochiladi

Maktablarda sport rivojlantiriladi: olimpiya sport turlari bo‘yicha to‘garaklar ochiladi

2027-yildan sport musobaqalari g‘oliblariga diplom va sertifikatlar elektron shaklda beriladi.

O‘zbekiston va O‘mon yetakchilari oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

O‘zbekiston va O‘mon yetakchilari oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev Sultonlikning oliy davlat mukofoti – “Ol Said” ordeni bilan taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Sulton Haysam bin Toriq Ol Said uchrashuv o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Sulton Haysam bin Toriq Ol Said uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi munosabatlar keyingi yillarda faol rivojlanayotgani qayd etildi.

Chilonzorda Nexia-3 daraxtga urildi: uch kishi halok bo‘ldi

Chilonzorda Nexia-3 daraxtga urildi: uch kishi halok bo‘ldi

YTHga avtomobil rul boshqaruvida yuzaga kelgan texnik nosozlik sabab bo‘lgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan O‘monga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan O‘monga bordi

Prezidentni O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said va sultonlikning yuqori darajali rasmiylari kutib oldi.

Renovatsiya evaziga 1 ta uy o‘rniga 2 ta xonadon: Toshkentda yangi imkoniyat

Renovatsiya evaziga 1 ta uy o‘rniga 2 ta xonadon: Toshkentda yangi imkoniyat

Uy-joy masalasini hal etishning yana bir varianti sifatida mulkdorlarga Yangi Toshkent hududidan xonadon ajratish taklif etilishi mumkin.

Buxoroda o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilindimi? Maktab boshqarmasi izoh berdi

Buxoroda o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilindimi? Maktab boshqarmasi izoh berdi

Maktabning tom qismi qulab tushgan, boshqa xonalarida ham konstruktiv nuqsonlar aniqlan bo'lib, bino foydalanishga yaroqsiz deb topilgan.

22 daraja iliq bo‘ladi: hafta davomida ob-havo qanday o‘zgaradi?

22 daraja iliq bo‘ladi: hafta davomida ob-havo qanday o‘zgaradi?

Toshkent shahrida hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi.