YETTBning Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori bilan uchrashuv o‘tkazildi
Tadbir transport va logistika tizimini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov 25 may kuni Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori Jujanna Xargitay bilan uchrashdi.
Tadbirda J.Xargitay xonim O‘zbekistonda transport va logistika tizimini rivojlantirish masalalariga alohida to‘xtalib,soha tashkilotlarida transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, transport infratuzilma loyihalarini DXSH asosida amalga oshirishni kengaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev YETTB rahbari Odil Reno-Basso xonimni qabul qilgani haqida xabar berilgandi .







