O'zbekiston

DTM diagnostik test xizmatini to‘xtatadi

Bu OTMga kirish imtihonlariga oz vaqt qolgani bilan izohlandi.

DTM diagnostik test xizmatini to‘xtatadi

 

Ertaga, 30-may kuni soat 10.00 da my.dtm.uz sayti orqali diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilish yakunlanadi. Bu haqda Davlat test markazi rasmiy kanalida ma’lum qilindi. 


Qayd etilishicha, test sinovlariga qisqa vaqt qolgani sababli Davlat test markazi ish faoliyatidan kelib chiqqan holda diagnostik test xizmatini to‘xtatish zarurati yuzaga kelgan. 


Bunda e-DTM tizimi ishlashda davom etadi va talabgorlar @e_dtm_bot telegram boti orqali test materiallariga onlayn buyurtma berishlari mumkin bo‘ladi.


Eslatib o‘tamiz, DTM tomonidan joriy yil boshida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test xizmati yo‘lga qo‘yilgan edi. Mazkur xizmat doirasida talabgorlarning bilimi sinovdan o‘tkaziladi va ular test materiallari bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

 

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"