Siyosat

Tojikiston Prezidenti O‘zbekistonga kelmoqda

Tashrif davomida ikki davlat rahbari xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashadi.

Tojikiston Prezidenti O‘zbekistonga kelmoqda

 

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon joriy yil 2-3 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

 

Ma’lum qilinishicha, mamlakat yetakchilarining muzokaralari kun tartibidan O‘zbekiston-Tojikiston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlikning ustuvor sohalarida amaliy sa’y-harakatlarni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.


Savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, energetika va boshqa tarmoqlarda qo‘shma kooperasiya loyihalarini ilgari surish hamda an’anaviy yaqin hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashishlari ko‘zda tutilgan.
Sammit yakunida ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolanishi rejalashtirilgan.


Ta’kidlanishicha, oliy darajadagi tashrifga tayyorgarlik doirasida joriy yil 30 may kuni Dushanbe shahrida ikki mamlakat bosh vazirlari raisligida o‘tkazilgan Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 9-yig‘ilishi samarali bo‘lgan.


Ertaga, 1-iyun kuni sammit arafasida, Toshkent shahrida yetakchi korxonalar ishtirokida biznes-forum hamda O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi strategik sheriklikni izchil kengaytirish va uning katta salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.

 

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"