BAAning barcha aholisi koronavirusga qarshi emlandi
Mamlakatda kasallikka qarshi jamoaviy immunitet shakllangani maʼlum qilingan.

BAA aholisining 100 foizi koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlum qildi.
“COVID-19 qashi emlashning milliy kampaniyasidan ko‘zlangan maqsadga erishildi. Aholining 100 foizi vaksinatsiyadan o‘tgani va mamlakatdagi maqsadli guruhning to‘liq immunitetga ega bo‘lganligini maʼlum qilamiz”, – deyiladi vazirlik bayonotida.
Avvalroq Turkiya 1 iyundan xorijliklar uchun PSR testlarini bekor qilgandi.







