Siyosat

Emomali Rahmon Ichan qal’ani ziyorat qildi

Shu bilan Tojikiston Prezidentining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi yakunlandi.

Emomali Rahmon Ichan qal’ani ziyorat qildi

 

Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Ichan qal’adagi tarixiy obidalarni ziyorat qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

 

Ma’lumki, Ichan qal’a faqat yodgorlik emas, balki “tirik” shahardir. Bu yerda 120 dan ziyod me’moriy obidalar bor va hozirgacha qadimiy uylarda aholi yashaydi. Uning “ochiq osmon ostidagi muzey” deb atalishi shundan.

 

Xiva shahri 1990 yil 12 dekabrda YUNESKO Madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan. 1997 yilda shaharning 2500 yillik yubileyi nishonlangan. 2020 yilda Turksoy xalqaro tashkiloti tomonidan Turk dunyosining madaniy poytaxti deb e’lon qilingan.

 

Davlat rahbarlari Ota darvozadan kirib, Ko‘k minora, Ko‘hna ark saroyi, Toshhovlini tomosha qildi. Pahlavon Mahmud maqbarasi va Juma masjidida Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi.

 

Xorazmning tarixi, ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi haqidagi ma’lumotlar, boy madaniyati va san’ati mehmonlarda yorqin taassurot qoldirdi.

 

Shu bilan Tojikiston Prezidentining mamlakatimizga rasmiy tashrifi yakunlandi.

 

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"