Siyosat

O‘zbekiston bir yilda qancha elektr va gaz isteʼmol qiladi?

Prezident bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

O‘zbekiston bir yilda qancha elektr va gaz isteʼmol qiladi?

 

Ayni paytda Shavkat Mirziyoyev raisligida qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

 

«Nima uchun ushbu yig‘ilishni o‘zim o‘tkazayapman? “Inson qadrini ulug‘lash” yilida har bir fuqaromizning xonadonida yaxshi yashashiga sharoit yaratishimiz zarur.

Bir narsani aniq tushunish kerak. Bir yilda O‘zbekistonda 10 milliard dollarlik elektr va gaz isteʼmol qilinadi.

Agar buning 10 foizini iqtisod qilishni o‘rgansak, bu 1 milliard dollarni boshqa ehtiyojlar uchun sarflashimiz mumkin.

Hokim va vazirdan tortib, mahalla raisigacha barcha darajadagi rahbarlar bu masalaning qanchalik muhimligini tushunayaptimi, bu borada o‘zining masʼuliyatini his qilayaptimi, degan savollar meni juda qiynaydi.

Qaysi vazir yoki uning o‘rinbosari hisob-kitob qilib, energiya sarfini qisqartirish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatdi? Ular o‘zi nima uchun oylik olayapti?», — dedi davlat rahbari yig‘ilish avvalida.

 

Yig‘ilishda so‘nggi yillardagi islohotlar natijasida aholining elektr taʼminotidagi uzilishlar ancha qisqargani qayd etildi.

 

Lekin, kuz-qish mavsumida aholining gazga bo‘lgan ehtiyoji keskin oshishi sababli barcha yuklama elektr tarmoqlariga tushmoqda.

 

Hozirgi kunda aholining kamida 2-3 milliard kilovatt soat elektr energiyasiga qo‘shimcha talabi mavjud. Kelgusi besh yilda esa bu ehtiyoj yana 10 milliard kilovatt soatga oshadi.

 

Bunday vaziyatda eng samarali yo‘l – muqobil energiyadan foydalanishni ko‘paytirish.

 

Bu borada 2019 yilda alohida jamg‘arma tashkil qilinib, aholiga byudjetdan subsidiya berish tizimi joriy etildi.

 

Lekin birorta viloyat, tuman va shahar hokimida yoki vazirda o‘z tizimidagi tashkilotlarda energiya isteʼmoli, uni tejash, muqobil energiya uskunalarini o‘rnatish bo‘yicha hisob-kitob yo‘qligi, ular joriy qilingan subsidiya va kompensatsiyadan o‘z tarmog‘i yoki hududida foydalanish bo‘yicha jon kuydirmagani tanqid qilindi.

 

Prezident ushbu masala umummilliy ahamiyatga egaligini qayd etib, muqobil energiya uskunasini o‘rnatgan aholi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy etilishini taʼkidladi.

 

Bunda, aholi va tadbirkorlarga:

 

- o‘rnatilgan quyosh va shamol elektr uskunalari uchun quvvatiga qarab 15 million so‘mgacha, suv isitish qurilmasi uchun esa 2 million so‘mgacha kompensatsiya to‘lanadi;

- yoki uskuna qiymatini 3 yil ichida foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi.

Ushbu tizim Energetika vazirligining maxsus jamg‘armasi orqali joriy etilishi belgilandi.

Muqobil energiya uskunalarini o‘rnatish istagida bo‘lgan aholi va tadbirkorlar bu imkoniyatlardan foydalanishi uchun biron-bir idoraga borishga majbur bo‘lmaydi. Barcha hujjatlar uskuna xarid qilinadigan joyning o‘zida hal bo‘ladi.

 

Buning uchun:

 

- jamg‘arma mahalliy ishlab chiqaruvchilar hamda hududlardagi sotuvchilar bilan hamkorlik shartnomalarini tuzadi;

- ishlab chiqaruvchilarning aholi va tadbirkorlarga uskunalarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashga berish xarajatlari jamg‘arma tomonidan qoplab beriladi;

- jamg‘armaga 100 mlrd so‘m ajratiladi, ishlatishiga qarab yil yakuniga qadar yana 100 mlrd so‘m beriladi;

- jamg‘armaning elektron portali ishga tushirilib, barcha jarayonlar to‘liq raqamlashtiriladi.

 

Mutasaddilarga tizimni 1 sentabrdan amaliyotga joriy qilish topshirildi.

 

Viloyat hokimlari oldiga joriy yilda “daftarlar”ga kirgan kamida 5 mingta oilani, kelgusi yilda yana 10 mingtasini suv isitish qurilmasi bilan taʼminlash choralarini ko‘rish vazifasi qo‘yildi.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

O‘zbekiston bir yilda qancha elektr va gaz isteʼmol qiladi? | Zamon.uz