Salomatlik

O‘zbekistonda Respublika tez tibbiy yordam markazi tashkil etilmoqda

Shuningdek, tez yordam Call-markazlarida tibbiy maslahat berish uchun maxsus shifokorlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

O‘zbekistonda Respublika tez tibbiy yordam markazi tashkil etilmoqda

 

Bundan tashqari, Respublika miqyosida tez tibbiy yordam faoliyatini nazorat qilish markazi, shuningdek, kechayu kunduz tezkor qabul bo‘limlari tashkil etilmoqda.

 

Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida prezident qarori qabul qilindi.

 

Unga ko‘ra, Respublika tez tibbiy yordam markazi (keyingi o‘rinlarda – Markaz) va uning 14 ta hududiy filiali tez tibbiy yordam xizmati hamda tibbiy avtoxo‘jaliklar negizida tashkil qilinsin va tez tibbiy yordamning yagona vertikal boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

 

Markaz Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi tez tibbiy yordam faoliyatini respublika bo‘yicha muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

 

2022 yil 1 dekabrga qadar Andijon, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari, 2023 yil 1 sentyabrga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari tuman (shahar)laridagi dispetcherlik xizmatlari tugatilib, Toshkent shahri tajribasi asosida Markazning hududiy filiallarida yagona “Call-markaz”lar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

 

Shuningdek, Call-markazlarda quyidagicha tartib o‘rnatiladi:

 

  • chaqiruvlarni qabul qiluvchi xodimlar bilan birga shifokor xodimlardan iborat maxsus tibbiy maslahat xizmati faoliyati tashkil etiladi;

  • rahbar lavozimlariga IT-parklardagi iqtidorli yoshlar orasidan munosib nomzodlar tayinlanadi;

  • saralash orqali bemor ahvoli, kasallik turi va og‘irlik darajasiga qarab chaqiruvlarga tegishli tibbiy brigadalarni yo‘naltirish tizimi joriy etiladi;

  • tez tibbiy yordamning tuman (shahar) yoki hudud chegarasidan qatʼiy nazar bemorgacha masofaning yaqinligiga qarab tibbiy brigadani yo‘naltirish yo‘lga qo‘yiladi.

 

Belgilanishicha, Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 1-son, Yashnobod tumanidagi 4-son, Yunusobod tumanidagi 7-son shahar klinik shifoxonalari hamda Uchtepa tumanidagi Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi tarkibida alohida yuridik maqomga ega bo‘lmagan tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarini tashkil etiladi.

 

Markaz va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, ularning hududiy filiallari hamda tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmat turlaridan tashqari xizmatlarni pullik asosda tashkil etiladi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

O‘zbekistonda Respublika tez tibbiy yordam markazi tashkil etilmoqda | Zamon.uz