O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri va Tatariston rahbari uchrashdi
Muzokaralar Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tdi.

Ibrohim Abdurahmonov va Rustam Minnixonov Peterburg iqtisodiy forumi doirasida uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya mintaqasi o‘rtasidagi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.
Mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi va ularni yana-da rivojlantirish istiqbollari belgilab olindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tatariston Prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgandi.







