Yo‘qolgan rus aktrisasi Toshkentdan topildi
Bir necha oy oldin dom-daraksiz yo‘q bo‘lib qolgan va hech kimga aloqaga chiqmagan taniqli rus aktrisasi Yekaterina Klimova Toshkentdaligi maʼlum bo‘ldi.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan ko‘plab aktyorlar u yerni tark etgan, buni ommaga oshkor qilganlar ham bor, indamay ketganlar ham yo‘q emas. Klimova hech kimga aytmay li.
Nihoyat aktrisa aloqaga chiqqan va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rinish bergan. Kino yulduzi Toshkent aeroportida hamkasbi, taniqli rus aktyori Gosha Kutsenko bilan suratga tushgan.
Maʼlum bo‘lishicha, “Turkiston” saroyida ikki aktyor ishtirokida teatrlashtirilgan konsert dasturi bo‘lib o‘tgan.







