Jahon

Yelsin va Putinning sobiq tansoqchisi o‘z joniga qasd qildi

U Rossiya “yadro chamadoni”ga javobgar shaxs bo‘lgani aytilmoqda.

Yelsin va Putinning sobiq tansoqchisi o‘z joniga qasd qildi

 

Moskva viloyatida Putinning shaxsiy qo‘riqchisi bo‘lib ishlagan ofitser o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda “Moskovskiy komsomoles” xabar berdi.

 

 

20 iyun kuni Krasnogorsk shahrida o‘z kvartirasida 53 yoshli Federal qo‘riqlash xizmatining sobiq polkovnigi Vadim Ziminning yarador topildi. uning so‘nggi ish joyi bojxona xizmati bo‘lgani aytilmoqda. Bundan bir qancha vaqt oldin Zimin pora olishda gumonlangan va uy qamog‘ida saqlanayotgandi. Hozirda sobiq zobit koma holatida va vrachlar uning holatining ijobiy emasligini aytmoqda.

 

“MK” bilan suhbatlashgan Ziminning tanishlari uning aloqachi bo‘lib xizmat qilganini va ko‘plab “qaynoq nuqta”larda ishlaganini maʼlum qilgan. u og‘ir operatsiyalarni boshdan kechirgani va boshiga titan plastinasi qo‘yilgani qayd etilgan. Shundan so‘ng Zimin Federal qo‘riqlash xizmatiga o‘tkazilgan, bu yerda polkovnik unvonigacha xizmat qilgan. suhbatdoshlarning so‘zlariga ko‘ra, u Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsinning aloqa xizmati xodimi bo‘lgan va “yadro qutisi” uchun javobgar hisoblangan. Isteʼfoga chiqqanidan so‘ng Markaziy bojxona boshqarmasida tender komissiyasi raisi lavozimida ishlagan.

 

Ziminning o‘zi so‘nggi ish joyida rahbari almashganidan so‘ng unga nisbatan jinoiy surishtiruv boshlanganini aytgan. Yangi rahbariyat undan o‘z xohishiga ko‘ra ishdan ketishni talab qilgan, ammo sobiq ofitser rad javobini bergan.

 

Ayrim maʼlumotlarga ko‘ra, unga ikki holat bo‘yicha ayblov qo‘yilgan: 20 ming rubl va telefon ko‘rinishida hamda migrantdan 3 ming rubl miqdorida pora olish. Shu bilan birga Ziminning yaqinlari avgust oyida sud uni oqlashi mumkinligini taʼkidlagan.

 

19 iyun kuni Dog‘istondan uning akasi kelgan va advokatdan ish bo‘yicha maʼlumotlarni so‘ragan. Zimin akasining bank kartasidan 10 ming rublga alkogol sotib olgan va 20 iyun kuni o‘z joniga qasd qilish niyati borligini aytgan. Akasi uni bundan qaytarishga harakat qilgan va bundan buyon yordam berib turishini maʼlum qilgan. Shundan keyin Zimin boshqa xonaga o‘tgan va bir qancha vaqtdan so‘ng hushsiz holda topilgan.

 

Sobiq zobitning turmush o‘rtog‘i hozirda Ukrainadagi qurolli nizo hududida bo‘lib turibdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Zimin so‘nggi vaqtlarda u bilan telefon orqali muloqot qilganda, kambag‘alligidan shikoyat qilgan. U ishi va daromadini yo‘qotib qo‘ygani uchun depressiya holatida bo‘lgan.

 

Bolgariya sohillarida kema dron hujumidan cho‘kdi: 11 dengizchi bedarak yo‘qoldi

Bolgariya sohillarida kema dron hujumidan cho‘kdi: 11 dengizchi bedarak yo‘qoldi

Bolgariya rasmiylari ikki yuk kemasiga dronlar bilan hujum qilinganini bildirdi. Rossiya elchisi izoh berish uchun chaqirtirildi.

Ar-Riyod aeroporti 17-oktyabrgacha yopiq qoladi: husiylar hujumlaridan keyin tekshiruvlar davom etmoqda

Ar-Riyod aeroporti 17-oktyabrgacha yopiq qoladi: husiylar hujumlaridan keyin tekshiruvlar davom etmoqda

Parvozlar xavfsizligini ta’minlash va infratuzilmani tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Tug‘ruqxonadagi sirli hodisa: yangi tug‘ilgan chaqaloq yo‘qoldi

Tug‘ruqxonadagi sirli hodisa: yangi tug‘ilgan chaqaloq yo‘qoldi

15 nafardan ortiq kishi so‘roq qilinmoqda, biroq bolaning qayerdaligi hozircha noma’lum.

Rossiyaga qarshi yangi cheklovlar: YI 23-sanksiyalar paketini tayyorlamoqda

Rossiyaga qarshi yangi cheklovlar: YI 23-sanksiyalar paketini tayyorlamoqda

Germaniya va Polsha yangi cheklovlar tashabbusini ilgari surmoqda.

Tramp ishonadi: Xitoy va Rossiya Eronga yordam bermayapti

Tramp ishonadi: Xitoy va Rossiya Eronga yordam bermayapti

AQSh prezidenti Pekin va Moskvaning Tehronga ko‘maklashayotgani haqidagi taxminlarni rad etib, ikki davlat bunday yordam tufayli ko‘p narsani yo‘qotishi mumkinligini ta’kidladi.

“Biz husiylarning hujumlarini keskin qoralaymiz” — Erdog‘an

“Biz husiylarning hujumlarini keskin qoralaymiz” — Erdog‘an

Turkiya prezidenti Saudiya Arabistonini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Bir kun ichida fuqarolik va pasport: Japarov mas’ullarga topshiriq berdi

Bir kun ichida fuqarolik va pasport: Japarov mas’ullarga topshiriq berdi

Bunga O‘zbekistondan kelgan ayolning fuqarolik olishdagi muammosi sabab bo‘lgan.

35 yillik qarz yuki: Ukraina 2061-yilgacha qarz to‘laydi

35 yillik qarz yuki: Ukraina 2061-yilgacha qarz to‘laydi

Mamlakatning davlat va davlat tomonidan kafolatlangan qarzi 2026-yil avgustida 215,55 milliard dollarga yetgan.