Siyosat

Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasiga yangi boshqarma qo'shildi

Tashkil etilgan boshqarmaning maqsad va vazifalari belgilab olindi

Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasiga yangi boshqarma qo'shildi



Madaniyat, fan va taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport va turizm, gumanitar aloqalar sohalarida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida Madaniy-gumanitar aloqalar, turizm va sport masalalari boshqarmasi tashkil etildi.

Yangi bo‘linma O‘zbekiston Respublikasining belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha tashqi siyosiy vazifalarini amalga oshirish, sivilizatsiyalarning global muloqotida O‘zbekistonning faol pozitsiyasini taʼminlash va O‘zbekiston Respublikasining ijobiy imidjini ilgari surishda muvofiqlashtiruvchi o’rin tutadi. Xorijiy muzey fondlari, arxivlari va kolleksiyalarida saqlanayotgan O‘zbekistonning milliy madaniy va ilmiy meroslarini izlab topish, qaytarish, shu jumladan asl nusʼhalarning dublikatlarini olish orqali qaytarishda ishtirok etadi. O‘zbek tili, madaniyati, tarixi, adabiyotini xorijda o‘rganish va taqdim etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va hamkorlikni kengaytirishga ko‘maklashadi. Boshqarma vakolatiga kiruvchi yo‘nalishlar bo‘yicha talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish, oliy o‘quv yurtlari o’rtasida va akademik shartnomalar hamda memorandumlar tuzish choralarini ko‘radi.

Yangi boshqarma faoliyatida “yumshoq kuch”, xalq, madaniy va sport diplomatiyasi vositalaridan keng foydalanishga ustuvor ahamiyat beriladi.

2022-yil 1-iyuldan vazirning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha maslahatchisi Anvar Abdurahimovich Abduxalimov bir vaqtning o‘zida Madaniy-gumanitar aloqalar, turizm va sport masalalari boshqarmasi boshqarma boshlig‘i etib tayinlandi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasiga yangi boshqarma qo'shildi | Zamon.uz