Yevropaning eng boy davlati Ukrainaga 1 milliard yevro beradi
Bu mamlakatning iqtisodiy tiklanishi uchun yo‘naltiriladi.

Norvegiya Ukrainaga 1 milliard yevro bermoqchi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Yonas Gar Stere Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv davomida maʼlum qildi.
"Men bugun bu yerga Norvegiya Ukraina xalqi bilan birga ekanini aytgani keldim... Biz sizning davlatingiz uchun 2022 yil oxiri — 2023 yilgacha 1 milliard yevro ko‘mak berishga vaʼda beramiz", — degan u.
Zelenskiy, shuningdek Yonas Gar bilan harbiy yordam masalasini ham muhokama qilgan. Norvegiya bosh vaziri raketa zarbalaridan aziyat chekkan hududlarni borib ko‘rgan.
Avvalroq AQSH Rossiyaga tegishli 330 milliard dollar aktivlarni muzlatib qo‘ygani to‘g‘risida xabar berilgandi.







