Salomatlik

Acıbadem shifoxonasining O‘zbekistondagi ikkinchi vakolatxonasi ochildi

Samarqand shahrida Turkiyaning Acıbadem shifoxonalar tarmog‘i vakolatxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Acıbadem shifoxonasining O‘zbekistondagi ikkinchi vakolatxonasi ochildi

 

Istanbuldagi Acıbadem xalqaro shifoxonalar tarmog‘i Turkiyadagi yirik va mashhur tibbiy guruhlardan biridir. 1991 yilda Turkiyada tashkil etilgan Acıbadem shifoxonalar tarmog‘i eng so‘nggi jihozlar va tibbiyotning barcha sohalarida, jumladan, onkologiya, neyroxirurgiya, kardiologiya kasalliklarni tashxislash, transplantatsiya qilish va davolash sohasida keng ko‘lamli xizmatlari tufayli Turkiyada va xorijda mashhur brendlardan biriga aylangan.

 

 

Klinikalar tarmog‘i 5 ta davlatda, yaʼni Turkiya, Niderlandiya, Makedoniya, Bolgariya va Serbiyada faoliyat yuritadi. Bundan tashqari, 22 ta shifoxona va 18 ta tibbiyot markazlarida, bemorlar uchun mo‘ljallangan 3000 o‘rinli joyda sifatli xizmat ko‘rsatiladi. Tibbiyot markazida 23 ming kishi, jumladan, 4 ming shifokor va 4 ming 2 yuz hamshira ishlaydi. Har yili 5 million bemorga tibbiy xizmat ko‘rsatiladi. Hozirda Acıbadem Healthcare Group oliy toifali tibbiy yordam, hamda jahon standartlariga muvofiq diagnostika va davolashni amalga oshiradi. Shuni taʼkidlash kerakki, shifoxonalar ishining yuqori sifati Joint Commission Internatsional xalqaro komissiyasining oltin belgisi bilan tasdiqlangan.

 

 

Acıbadem shifoxonalari innovatsion tibbiy texnologiyalardan foydalangan holda barcha tibbiyot sohalarida, jumladan, onkologiya, organlarni transplantatsiya qilish, estetika, EKO, neyroxirurgiya, ortopediya, kardiologiya, ginekologiya, sport tibbiyoti sohasidagi kasalliklarni yuqori professional diagnostika va davolashni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli xizmatlarni taqdim etadi. Acıbadem ko‘p tarmoqli shifoxonasining xalqaro biznes loyihalarni rivojlantirish va sug‘urta bo‘yicha rahbari Murat Pekmezogluning taʼkidlashicha, Samarqand shahridagi vakolatxonasini ochilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘rta Osiyo xalqlariga tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan:

 

 

“Samarqanddagi vakolatxonamiz – Acıbadem shifoxonasining O‘zbekistondagi ikkinchi vakolatxonasidir. Birinchisi Toshkentda to‘rt yildan ko‘proq vaqt oldin ochilgan. Shu vaqt ichida shifoxonada respublikangizning yuzlab fuqarolari muvaffaqiyatli ko‘rikdan o‘tib davolanishdi. Shifokorlarning malakasi va yuqori texnologiyalar tufayli barcha bemorlar davolanish sifati va davolash natijalaridan mamnun bo‘lishmoqda”, — dedi Murat Pekmezoglu.

 

 

Turkiyadagi Acıbadem shifoxonalarida davolanishga oid barcha qiziqtirgan savollar bo‘yicha Acıbademning Toshkent va Samarqanddagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz mumkin:

 

Toshkentdagi vakolatxonamizning manzili: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li mavzesi, 19-uy.

Telefon: +99895 144 54 45

 

Samarqanddagi vakolatxonamizning manzili: Samarqand shahri, Mirzo Ulug‘bek 140.

Telefon: +99866 234 41 71

 

Shuningdek, rasmiy sayt orqali barcha kerakli maʼlumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin: www.acibadem.com.ru; Instagram sahifa: @acibadem.russia

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Acıbadem shifoxonasining O‘zbekistondagi ikkinchi vakolatxonasi ochildi | Zamon.uz