Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti bilan telefonlashdi

Davlat rahbarlari Qoraqalpog‘istondagi vaziyat bo‘yicha fikr almashgan.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti bilan telefonlashdi

 

5 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

 

Suhbat avvalida Rossiya Prezidenti O‘zbekiston rahbari tomonidan Qoraqalpog‘istondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha ko‘rilgan qat’iy choralarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

 

O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. O‘tgan yil noyabr oyida Moskva shahrida o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvda erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratildi.

 

Ikki tomonlama muloqotlar va o‘zaro almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil boshidan o‘zaro savdo hajmi 35 foizga oshdi. Yirik investisiya loyihalari va madaniy-gumanitar hamkorlik dasturlari davom ettirilmoqda.

 

Mintaqa kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi, bo‘lajak tadbirlar rejasi, shu jumladan, Samarqand shahrida o‘tkaziladigan SHHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi doirasidagi tadbirlar ko‘rib chiqildi.

 

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti bilan telefonlashdi | Zamon.uz