O'zbekiston

Andijonda fermerlarning yeri nohaq olib qo‘yilayotgani bo‘yicha rasmiy izoh berildi

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilda samarasiz maydonlar o‘rnida uzumchilik klasterlarini tashkil etish taklif qilingan.

Andijonda fermerlarning yeri nohaq olib qo‘yilayotgani bo‘yicha rasmiy izoh berildi

 

Ijtimoiy tarmokda Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida fermerlarning yerlari nohaq olib qo‘yilayotgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat hokimligi matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.


Ma’lum qilinishicha, ushbu holat Qo‘rg‘ontepa tumani Dardoq qishlog‘ida joylashgan “Sharof Rashidov” massiviga oid bo‘lib, mazkur massiv 1800 gektar yer maydoniga ega. 


114 ta fermer xo‘jalikka bo‘linib ketgan ushbu hududning ayrim joylari samarasiz foydalanish oqibatida hozirda qarovsiz holatga kelib qolgan. Hududdagi ko‘p maydonlardan meva yetishtirish va ekin ishlari qolib, boshqa maqsadlarda foydalanilgan.


Ta’kidlanishicha, shu massivda joylashgan “Yortiboshi” mahallasidagi  500 dan ortiq aholini ishsizlik va kambag‘allik muammosi qiynab keladi. Bu yerlik aholi oldindan “Uzumchilik” faoliyatini yaxshi bilgan, ammo fermer xo‘jaliklari tasarrufida bo‘lgan yerlardan foydalanish imkoni ularda bo‘lmagan edi.


2021 yilda mazkur holat bilan yaqindan tanishgan tuman hokimi, hudud faollari va nuroniylari bilan kengashgan holda, “Sharof Rashidov” massivi yer maydonlaridan o‘zini oqlagan yo‘nalishlarda foydalanish, samarasiz maydonlar o‘rnida uzumchilik klasterlarini tashkil etish orqali yangi texnologiyalar hamda ilmga asoslangan loyihalarni ishga tushirish taklifini ma’qullagan.


“Yerlardan samarali foydalanayotgan fermerlar mazkur holat bo‘yicha tushunmovchilikka yuz tutgan va ushbu suratlarni olishgan. Ammo, shu kunning o‘zida tuman hokimi fermerlar bilan uchrashgan va barcha masalaga oydinlik kiritib olinib, muammolar barham topgan”, —deyiladi xabarda.


Voqeadan bir oy vaqt o‘tib, ahamiyatini yo‘qotib bo‘lgan mavzudagi ushbu suratlar tarmoqlarga sizdirilgan. Hozirda ushbu muammolar to‘liq bartaraf etilgan.

 

custom img

Yangi Toshkent aeroporti qurilishi munosabati bilan 7 ta qabriston ko‘chiriladi

Ularning 2 tasi Quyi Chirchiq, 5 tasi O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan.

custom img

Davomatni sun’iy intellekt nazorat qiladi: Toshkentdagi 26 ta maktabda yangi tizim sinovdan o‘tkazilmoqda

Tizim smart kameralar va Face ID texnologiyasi orqali o‘quvchilarning darsdagi ishtirokini avtomatik qayd etadi.

custom img

Uy-joy va meros: yetim bolalar huquqi qanday himoya qilinadi?

Yangi qonun bilan vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi qonunchilikka muhim o‘zgartishlar kiritilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva “O‘zbekfilm” kinostudiyasini rivojlantirish bo‘yicha rejalarini ma’lum qildi

Saida Mirziyoyeva Abu Ali ibn Sinoning bolaligi haqidagi tarixiy film suratga olinayotgan maydonda ham bo‘ldi.

custom img

Toshkentda MIB orqali bolalar onasiga qaytarildi

Shu tariqa sud hujjatida belgilangan talablar amalda bajarilib, ijro ishi yakunlangan.

custom img

Yangi Toshkentning ertangi kuni o‘zimizga bog‘liq — Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva Yangi Toshkentdagi qurilish jarayonlari bilan tanishib, tadbirkorlarni hududga sarmoya kiritish, qurilish va biznes loyihalarini yo‘lga qo‘yishga chaqirdi.

custom img

“Turkiy dunyo madaniyatiga qo‘shgan hissasi uchun”: Ozodbek Nazarbekov xalqaro mukofotga loyiq ko‘rildi

Taqdirlash marosimi 26-sentyabr kuni Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tadi.

custom img

Makkaga dron hujumi: O‘zbekiston TIV hujumga urinishni keskin qoraladi

Vazirlik Saudiya Arabistoni bilan birdamligini bildirib, barcha tomonlarni vazminlikka va xalqaro huquq normalariga rioya qilishga chaqirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"