Siyosat

ShHT va MDHga a'zo davlatlar sanoat vazirlari Toshkentda yig’iladi

Unda tashkilotga a'zo davlatlar vazirlari ShHT mamlakatlari ishbilarmon doiralari o'rtasida sanoat kooperatsiyasini rag'batlantirish dasturi loyihasi ma'qullanadi.

ShHT va MDHga a'zo davlatlar sanoat vazirlari Toshkentda yig’iladi

 

Ertaga Toshkentda O'zbekiston Respublikasi raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a'zo davlatlar sanoat vazirlari yig'ilishi hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga (MDH) a'zo davlatlarning Sanoat siyosati bo'yicha Kengashining VIII yig'ilishi bo'lib o'tadi.

 

Tadbirlarda Hindiston, Pokiston, Qirg'iziston, Tojikiston sanoat vazirlari, Belarus, Rossiya, Qozog'iston, Xitoy tarmoq vazirlarining o’rinbosarlari, ShHT Bosh kotibi Chjan Min, MDH Ijroiya qo'mitasi raisining o'rinbosari Ilhomjon Nematov, shuningdek, Rossiya va Qozog'iston ishbilarmon doiralari vakillari qatnashadi.

 

Yig'ilish ShHT va MDH doirasida sanoatni rivojlantirish, kooperatsiya asosida sanoat ishlab chiqarish hajmining barqaror o'sishini ta'minlash, qo'shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish, moddiy va moliyaviy resurslarni jalb qilish, mehnat unumdorligini oshirish va sanoat mahsulotlarini diversifikatsiya qilish bo'yicha hamkorlikni yanada jadallashtirish va kengaytirish masalalari muhokamasiga bag'ishlanadi.

 

Uchrashuvlar chog’ida ShHT va MDH ga a’zo davlatlar sanoatini rivojlantirishga qaratilgan qator muhim hujjatlar tasdiqlanishi kutilmoqda.

 

Xususan, Shanxay tashkilotiga a'zo davlatlar vazirlari ShHT mamlakatlari ishbilarmon doiralari o'rtasida sanoat kooperatsiyasini rag'batlantirish dasturi loyihasini ma'qullaydilar. Mazkur hujjat Tashkilotning Samarqand sammiti kun tartibiga tasdiqlash uchun kiritiladi.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

ShHT va MDHga a'zo davlatlar sanoat vazirlari Toshkentda yig’iladi | Zamon.uz