O'zbekiston

XTV tizimida joriy yilning 6 oyida 37,7 mlrd so‘mlik qonun buzilishi holati aniqlandi

Holat bo‘yicha 125 nafar xodimga chora ko‘rilgan.

XTV tizimida joriy yilning 6 oyida 37,7 mlrd so‘mlik qonun buzilishi holati aniqlandi

 

Kecha, 16-iyul kuni AOKAda Xalq ta’limi vazirligi Ichki audit xizmati faoliyatining joriy yil I yarim yillik natijalari sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

 

Vazir o‘rinbosari Temur Komilov tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida 270,4 mlrd. so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklarning oldi olinishiga erishilgan. Shu bilan birga, ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan 524 ta nazorat tadbirlarida 37,7 mlrd so‘mlik qonun buzilish, shundan 10,4 mlrd so‘mlik pul mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari aniqlangan.

 

Surxondaryo viloyati Denov tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida ish haqiga nisbatan bankdan ortiqcha olingan 2,8 mlrd so‘m naqd pul mablag‘lari kassaga kirim qilinmasdan o‘zlashtirilishi, fuqarolarning shaxsiy kreditlarni so‘ndirish hamda omonatga joylashtirish orqali 6,9 mlrd so‘m mablag‘ talon-toroj qilingan.  

 

Bakalavr va qayta tayyorlov diplomlari qalbakilashtirilishi hisobiga Jizzax viloyatida 1,9 mlrd so‘m, Sirdaryo viloyatida 1,8 mlrd so‘m, Buxoro viloyatida 1,4 mlrd so‘m, Qashqadaryo viloyatida 0,1 mlrd so‘m, jami 5,3 mlrd so‘m miqdoridagi byudjet mablag‘lari noqonuniy sarflangan.

 

“Xalq ta’limi tizimiga ajratilgan mablag‘lar respublika davlat byudjetidan tegishli tashkilotlarga ajratilgan eng katta miqdor ko‘rsatkichga ega — 30 trillion so‘mga yaqin. Shu boisdan tizimda aniqlanayotgan moliyaviy xato va kamchiliklar soni ham shunga mutanosib ravishda katta miqdorni tashkil qiladi”, — deydi Temur Komilov.

 

Joriy yilning olti oyi davomida moliyaviy qonun buzilish holatlariga  yo‘l qo‘ygan 125 nafar mas’ul shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy jazo choralari ko‘rilgan. Ularning 89 nafariga hayfsan e’lon qilingan, 16 nafariga jarima qo‘llanilgan, 20 nafar mas’ullar esa o‘z lavozimidan ozod etilgan.  

 

Aniqlangan holatlar bo‘yicha huquqiy baho berish va qonuniy chora ko‘rish maqsadida tarkibida jinoyat alomatlari bo‘lgan 37,6 mlrd so‘mlik o‘rganish materiallari huquq-tartibot organlariga taqdim etilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Sog‘liqni saqlash vazirligi tizmida salkam 10 mlrd so‘m pul mablag‘lari talon-taroj qilingani xabar qilingandi.

 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"