Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Eron vitse-prezidentini qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekiston–Eron munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Shavkat Mirziyoyev Eron vitse-prezidentini qabul qildi


Bugun, 19 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Eron Islom Respublikasi vitse-prezidenti Sorena Sattoriyni qabul qildi.


Ko‘p qirrali O‘zbekiston–Eron munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Fan, innovatsiya va texnologiyalar sohasida qo‘shma dastur va loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.


Uchrashuv avvalida Sorena Sattoriy Shavkat Mirziyoyevga Eron Prezidenti Ibrohim Raisiyning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.


Keyingi yillarda ikki tomonlama muloqotlar va o‘zaro almashinuvlarning faollashuvi kuzatilayotganini mamnuniyat bilan qayd etildi. Savdo ko‘rsatkichlari va kooperatsiya loyihalari soni ham ortib bormoqda. O‘tgan yili tovar ayirboshlash 73 foizga, joriy yil boshidan esa yana 22 foizga oshdi.


Qo‘shma ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish borasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish, izlanish ishlari va venchur tashabbuslarini moliyalashtirishga xususiy sektorni jalb qilish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi dasturlarni qo‘llab-quvvatlash, bio- va nanotexnologiyalar, IT sohalarida, farmasevtika va boshqa tarmoqlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun mavjud imkoniyatlar qayd etildi.


Kelajakda, shu jumladan bo‘lajak O‘zbekiston-Eron innovatsiya forumi va ishbilarmonlik tadbirlari doirasida qabul qilinadigan qo‘shma qarorlar va imzolanadigan bitimlarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.

 

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Eron vitse-prezidentini qabul qildi | Zamon.uz