O'zbekiston

Qamchiq dovonida yuk mashinasi Damasga urilishi oqibatida yong‘in kelib chiqdi

Hodisa oqibatida vafot etganlar bor.

Qamchiq dovonida yuk mashinasi Damasga urilishi oqibatida yong‘in kelib chiqdi

 

Bugun, 21-iyul kuni Kamchiq dovonida 2 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, yong‘in kelib chiqdi. Holat yuzasidan Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati dastlabki ma’lumotlarni e’lon qildi. 


Ma’lum qilinishicha, hodisa soat 00:05 atrofida A-373 Toshkent–O‘sh avtomobil yo‘lining 222-kilometrida yuz bergan. Vodiy–Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib borayotgan “MAN” rusumli (davlat raqami 40 Q 486 XA) yonilg‘i tashuvchi yuk mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, “Damas” (davlat raqami 40 Q 943 WA) rusumli transport vositasiga borib urilgan. To‘qnashuv oqibatida yong‘in kelib chiqqan va transport vositalari yonib zararlangan. Shuningdek, voqea joyida bo‘lgan “Nexia” avtomashinasiga ham texnik shikast yetgan. 


Hodisa oqibatida vafot etganlar bor. Hozirda yong‘in asoratlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Qamchiq dovonida paxta tolasini ortib ketayotgan yuk mashinasida yong‘in chiqqandi.

 

Javohirbek TURSUNOV

Avtobuslarda bepul yurish qimmatga tushdi: 158 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi

Avtobuslarda bepul yurish qimmatga tushdi: 158 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi

Yo‘l haqini to‘lamaganlardan yil boshidan buyon 3,66 mlrd so‘mdan ortiq jarima undirilgan.

Talabalar ham narkosavdoga jalb qilingan: Toshkentda yirik narkoguruh qo‘lga olindi

Talabalar ham narkosavdoga jalb qilingan: Toshkentda yirik narkoguruh qo‘lga olindi

Gumonlanuvchilar internet-narkodo‘konda olti oydan buyon faoliyat yuritib kelgan.

O‘zbekistonda 12 yillik ta’limga o‘tish: qonun loyihasi Senatga yuborildi

O‘zbekistonda 12 yillik ta’limga o‘tish: qonun loyihasi Senatga yuborildi

Bir yillik maktabga tayyorlov majburiy umumiy o‘rta ta’limning dastlabki bosqichi sifatida belgilanishi mumkin.

Xorijiy transport vositalariga yengillik: O‘zbekistonda qolish muddati 180 kunga uzaytirilishi mumkin

Xorijiy transport vositalariga yengillik: O‘zbekistonda qolish muddati 180 kunga uzaytirilishi mumkin

Qonun loyihasi Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Suyultirilgan gaz to'ldirish cheklanmaydi: gaz ballonlarini qayerlarda to'ldirish mumkin?

Suyultirilgan gaz to'ldirish cheklanmaydi: gaz ballonlarini qayerlarda to'ldirish mumkin?

Maishiy gaz ballonlarini avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida to‘ldirish xavfsizlik talablariga zid.

156 mln so‘mlik noqonuniy bitim: Toshkentda kumush savdosi to‘xtatildi

156 mln so‘mlik noqonuniy bitim: Toshkentda kumush savdosi to‘xtatildi

Qo‘lga olingan fuqaro qimmatbaho metallar savdosi uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan.

Britaniyada ish imkoniyatlari kengayadi: muhandis va bitiruvchilar ham jalb etilishi mumkin

Britaniyada ish imkoniyatlari kengayadi: muhandis va bitiruvchilar ham jalb etilishi mumkin

So‘nggi uch yilda 14 mingdan ortiq o‘zbekistonlik Buyuk Britaniyaga mavsumiy ishga yuborilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Iordaniyaga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Iordaniyaga bordi

Tashrifning asosiy tadbirlari 24-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.