Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Iordaniyaga bordi
Tashrifning asosiy tadbirlari 24-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Iordaniyaga bordi. Mamlakat havo hududida Shavkat Mirziyoyevning samolyotiga Podshohlik Harbiy-havo kuchlarining qiruvchi uchoqlari hamrohlik qildi.
Malika Aliya nomidagi xalqaro aeroportda Prezident va uning rafiqasini Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn va Malikasi Raniya al-Abdulla, shahzoda G‘oziy ibn Muhammad va rafiqasi kutib oldilar.
Oliy martabali mehmonlar sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Yetakchilar rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar va faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.
Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 24-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.








