Siyosat

Shavkat Mirziyoyev bu hafta nimalar qiladi?

Sherzod Asadov bu haqda maʼlumot berdi.

Shavkat Mirziyoyev bu hafta nimalar qiladi?

 

 

 

Dushanba kuni O‘zbekiston prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov Shavkat Mirziyoyevning hafta davomidagi ish rejasi haqida maʼlumot berdi. Bu haqda bloger Aziza Qurbonova xabar qildi.

 

Dushanba kuni davlat rahbari tarmoq va hududlarda axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

 

28−29 iyul kunlari Toshkentda Shanhay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Shavkat Mirziyoyevning Tashkilot tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashishi kutilmoqda.

 

25−26 iyul kunlari Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi va unda 20 dan ortiq davlat delegatsiyalari ishtirok etadi. Ularga prezident murojaati yo‘llanadi.

 

Taʼkidlanishicha, brifingda 24-iyul — Shavkat Mirziyoyevning tug‘ilgan kuni qanday o‘tgani haqida ham axborot berildi.

 

«Haftaning so‘nggi kuni yakshanba dam olish kuni bo‘lishiga qaramasdan davlatimiz rahbari uchun faol tarzda kechdi. Prezidentimiz Markaziy Osiyo, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari, shuningdek, Turkiya Respublikasi yetakchilari bilan telefon orqali muloqotlar qildi. Muloqotlarda xorijiy davlat rahbarlari prezidentimizni tavallud ayyomlari bilan qutladilar, shuningdek, ikki tomonlama aloqalarning yana-da rivojlantirish borasida suhbat qildilar», — dedi Sherzod Asadov.

 

Qayd etilishicha, davlat rahbarining tashabbuslari, saʼy-harakatlari xalqaro miqyosda keng eʼtirof etilmoqda.

 

«O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashdagi katta xizmatlari uchun hurmatli Shavkat Miromonovich RF prezidenti tomonidan Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlanganliklari ham buning bir ifodasi bo‘ldi», — dedi prezident matbuot kotibi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev bu hafta nimalar qiladi? | Zamon.uz