Toshkent va Nur-sulton diplomatik munosabatlari 30 yilligini keng nishonlaydi
Bu haqda SHHT vazirlar kengashi doirasida maʼlum qilindi.

Ushbu masalada SHHT vazirlar kengashi doirasida ikki davlat tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov va Muxtor Tleuberdi qo‘shma harakatlar rejasini imzoladi.
Ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 23-noyabrda o‘rnatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegarada 2 ta avtomobil o‘tkazish punktini ochayotgani xabar qilingandi.







