O'zbekiston

XTV soxta sertifikatlar yuzasidan munosabat bildirdi

Aniqlanishicha, ayrim xodimlar soxtalashtirilgan sertifikatlar bilan ish faoliyatini olib borgan.

XTV soxta sertifikatlar yuzasidan munosabat bildirdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan oldingi yillarda tashkil etilgan qayta tayyorlash kurslari sertifikati bilan bog‘liq murojaatlar yuzasidan Xalq ta’limi vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Ma’lum qilininishicha, 1991-1994-yillarda o‘sha davrdagi A. Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti va hududiy malaka oshirish institutlarida turli fanlar bo‘yicha 2-3 oylik qisqa muddatli qayta tayyorlash kurslari tashkil etilgan. 

 

Mazkur kurslarning davomiyligi va ularga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha tartibga soluvchi yagona normativ hujjat bo‘lmaganligi sababli, ushbu kurslarning muddatlari har biri 288 soatdan 400 soatgacha turlicha belgilangan. 

 

O‘sha davrda turli xil qayta tayyorlash kurslarida o‘qigan tinglovchilar tegishli qayta tayyorlash kurslari sertifikatini qo‘lga kiritishgan (u davrda qayta tayyorlash uchun sertifikat berilgan). Ammo shu bilan bir qatorda o‘sha paytlarda qalbaki qayta tayyorlash sertifikatlari ham tarqalgan holatlar aniqlangan. 

 

Bunday holatlar bo‘yicha bugungi kunga qadar 14 ta hududiy malaka oshirish markazlari va A.Avloniy nomidagi milliy tadqiqot institutiga sertifikat haqqoniyligi yoki qalbakiligini aniqlashtirish maqsadida ish beruvchilar va boshqa vakolatli tashkilotlar tomonidan murojaatlar kelib tushmoqda. 

 

Qayd etilmagan, sohtalashtirilgan sertifikatlar va diplomlar to‘g‘risida ma’lumotlar o‘z vaqtida berib kelinmoqda. 

 

2006 yilga qadar, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 25-son Qarori tasdiqlangunga qadar bunday holatlar davom etgan. 

 

Yuqoridagi qaror tasdiqlangandan so‘ng qayta tayyorlash kurslari normativ hujjatlari tartibga solinib, bu kabi holatlarga chek qo‘yilgan. 
Shunga qaramasdan, ayrim bir tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘sha davrda sohtalashtirib qo‘lga kiritgan sertifikatlari orqali ish faoliyatini olib borgan holatlar aniqlandi. 

 

Bunday holatlarga aniqlik kiritish bo‘yicha A.Avloniy nomidagi institut doimiy ravishda ish beruvchilar, maktablar, tuman xalq ta’limi bo‘limlari, viloyat boshqarmalari va joylardagi moliya bo‘limlari hamda boshqa vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlik qilib kelmoqda. 

 

“Bundan keyin ham shu kabi sertifikatlarning xaqqoniyligini o‘rganish bo‘yicha Milliy tadqiqot instituti va 14 ta hududiy markazlar hamkorlikka tayyorligini ma’lum qilamiz”, —deyiladi xabarda.

 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"