Shu haftada O‘zbekiston, Turkiya va Ozarbayjonning uch tomonlama muzokaralari bo‘lib o‘tadi
Prezident matbuot kotibi bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Toshkentda ilk bor O‘zbekiston, Turkiya va Ozarbayjon uch tomonlama muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqida Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Uchrashuv shu haftada bo‘lib o‘tadi. Unda uch davlat tashqi ishlar, savdo va transport vazirlari ishtirok etadi.
“Bu umuman yangi mexanizm”, – degan Asadov.
Kun tartibidan mintaqalar o‘rtasidagi munosabatlarni yana-da rivojlantirish, investitsiya, innovatsiya, transport va kommunikatsiyalar sohasidagi masalalar o‘rin olgan.
Bundan tashqari, Turkiya va Ozarbayjon TIV rahbarlarini Shavkat Mirziyoyev qabul qilishi kutilmoqda.







