Shavkat Mirziyoyev Mavlud Chavusho‘g‘lini qabul qildi
Turkiya delegatsiyasi tarkibidagi uchrashuvda savdo hamda transport va infratuzilma vaziri ham ishtirok etdi.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya” formatidagi birinchi vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun poytaxtimizda bo‘lib turgan Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Turkiya delegatsiyasi tarkibida uchrashuvda savdo vaziri Mehmet Mush hamda transport va infratuzilma vaziri Odil Qoraismoilo‘g‘lu ham ishtirok etdi.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlar doirasida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.







