O'zbekiston

Jizzaxda 2 ta yuk mashinasi to‘qnashib ketdi

YHXX hodisa tafsilotlarini ma’lum qildi.

Jizzaxda 2 ta yuk mashinasi to‘qnashib ketdi

 

Bugun, 8-avgust kuni Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida ikkita yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat bo‘yicha IIV YHXX axborot xizmati davtlabki ma’lumotlarni e’lon qildi.

 

Hodisa soat 19:00 atrofida Gʻallaorol tumani hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining 1012-kilometrida yuz bergan. “Toshkent–Samarqand” yo‘nalishida 1996 yilda tug‘ilgan haydovchi Z. N. boshqaruvida bo‘lgan “Isuzu” hamda 1971 yilda tug‘ilgan haydovchi M. Q. boshqaruvidagi “Zil-130” o‘zaro to‘qnashib ketgan. Shundan so‘ng ikkala transport vositasi ham ag‘darilgan.

 

YTH oqibatida “Isuzu” haydovchisiga hamda “Zil-130” rusumli avtomobilda bo‘lgan bir nafar yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda holat yuzasidan tuman IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"