Siyosat

Oliy sud raisi endi sudya bo‘lishi mumkin

Prezident Kozim Komilov nomzodini Konstitutsiyaviy sud sudyasi vakant lavozimiga taklif etdi.

Oliy sud raisi endi sudya bo‘lishi mumkin

 

Prezident O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudining vakolatlari 24 avgust kuni tugayotgan 6 nafar sudyasining o‘rniga nomzodlar yuzasidan Oliy Majlis Senatiga taqdimnomalar kiritdi. 

 

Ushbu nomzodlar:

- Balkibayeva Janagul Ismaylovna;

- Gafurov Askarjon Boyisovich;

- Davletova Karomatjon Xudaybergenovna;

- Ismaylov Raxat Aminbayevich;

- Raximov Abdumannob Kuziyevich;

- Raxmanov Akmal Ergashevich.

 

Ular Senat tomonidan saylangan taqdirda, o‘z vakolatlariga 24 avgust kunidan boshlab kirishadi.

 

Prezident o‘z taqdimnomasi bilan Konstitutsiyaviy sud sudyasi vakant lavozimiga O‘zbekiston Oliy sudi raisi lavozimini egallab kelgan Kozim Komilovning nomzodini taklif etdi.

 

Shuningdek, davlat rahbari o‘z taqdimnomasi bilan Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Baxtiyor Islamovning nomzodini O‘zbekiston Oliy sudi raisi lavozimiga ko‘rib chiqish uchun Senatga kiritdi.

 

Kozim Komilov ikki oy avval Oliy sud raisi lavozimiga qayta saylangandi. U qayta lavozimga tayinlanganida hamkasblari qarshisida harbiy kiyimda kirib kelgan va bu chiqishini yangi rejalari bilan bog‘lagan.

 

«Harbiycha kiyimda chiqishimning o‘z maʼnosi bor. Oldingidek ish ketmaydi, endi sizlar bilan harbiychasiga ishlaymiz», — degani aytilgandi.

 

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

Prezident Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvi hamda MDH sammitida ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.